SA Facades — fasadlarni loyihalash, muhandislik konsaltingi va fasad tizimlarini montaj qilishga ixtisoslashgan kompaniya. Biz arxitektura, muhandislik yechimlari, materiallar, ishlab chiqarish va montajni yagona tizimga birlashtirib, ishlab chiqilgan yechimlarning qurilish maydonida samarali amalga oshirilishini ta’minlaymiz.
Jamoamiz fasad sohasida 8 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, O‘zbekistonda va xorijda turar joy, tijorat, mehmonxona, ko‘p qavatli va jamoat binolari loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etgan.